Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Iqtisod 14/05/2025 O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Perm o‘lkasi gubernatori bilan uchrashdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Perm o‘lkasi gubernatori bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida o‘tayotgan “O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Maxonin bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, jumladan, sanoat kooperatsiyasi, energetika, kimyo, qishloq xo‘jaligi va taʼlim sohalarida muxim qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Perm o‘lkasi o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini yana-da faollashtirish, xususan, yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va investitsiya tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling