Valyuta kurslari 31/07/2025
$1 – 12591.57
UZS – 0,73%
€1 – 14545.78
UZS – 0,51%
₽1 – 153.82
UZS – 1,22%
Qidirish
Iqtisod 03/07/2025 O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi CGN BeGood Technology kompaniyasining zamonaviy inspeksiya nazorati tizimini o‘rganmoqda

O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi CGN BeGood Technology kompaniyasining zamonaviy inspeksiya nazorati tizimini o‘rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bojxona qo‘mitasi vakillari tegishli vazirlik va idoralar mas’ullari bilan birgalikda Xitoyning “CGN BeGood Technology” kompaniyasida bo‘lib, bu yerda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy inspeksion ko‘rik majmualari bilan yaqindan tanishishmoqda.

Xabaringiz bor, yaqinda Bojxona qo‘mitasi Raisining mazkur kompaniya rahbari bilan uchrashuvi  bo‘lib o‘tgan edi va tomonlar mamlakatimiz chegara o‘tkazish punktlarini inspeksion ko‘rik majmualari bilan jihozlashda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olishgan edi.

Mazkur ikki tomonlama uchrashuvda erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi va mantiqiy davomi sifatida endilikda ushbu kompaniyaga ishchi safar tashkil qilindi.

Bojxona qo‘mitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i A.Dusmuxamedov boshchiligidagi delegatsiya kompaniyaning ishlab chiqarish bazalari bo‘lib, turli turdagi inspeksion ko‘rik majmualarining ishlash prinsiplari, texnik jihatlari, real vaqtda skanerlash tizimlari va boshqa tizimlarga integratsiyalash hamda sun’iy intellekt imkoniyatlarini o‘rganishmoqda, kompaniyaning innovatsion ishlanmalari bilan yaqindan tanishishmoqda.

Ayniqsa, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan majmualarning O‘zbekiston chegaralaridagi transport oqimiga mutanosibligi, geografik-iqlimiy sharoitga moslasha olish darajasi, servis va texnik xizmat ko‘rsatish modellari o‘rganilmoqda.

Safar yakunida Bojxona qo‘mitasi va mazkur kompaniya o‘rtasida Inspeksion ko‘rik majmualarini pilot loyiha tarzida sinovdan o‘tkazish bo‘yicha dastlabki texnik va tashkiliy kelishuvga erishish nazarda tutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling