Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston beshinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi: Temurbek G‘iyozov jahon chempioni bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hindistonning Nyu-Dehli shahrida paraatletika bo‘yicha jahon chempionati nihoyasiga yetmoqda.
Erkaklar o‘rtasida T64 balandlikka sakrash bahslari yakuniga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan Temurbek G‘iyozov 2,03 metr masofani bosib o‘tdi.
Shu tariqa, 29 yoshli sportchi nafaqat shaxsiy rekordini yangiladi, balki jahon chempionatida oltin medalni ham qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi shu kungacha beshta oltin, to‘rtta kumush va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.