O‘zbekiston baxtlilik reytingida 53-o‘rinni saqlab qoldi
O‘zbekiston baxtlilik reytingida 53-o‘rinni saqlab qoldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston 147 ta mamlakat orasidagi global World Happiness Report reytingida 53-o‘rinni saqlab qoldi. Mamlakat baxtlilik darajasi 10 balldan 6,283 ball bilan baholandi.
Respublika pozitsiyasi o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi.
Reytingni shakllantirishda asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Ular qatoriga aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot darajasi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasi, kutilyotgan umr davomiyligi, fuqarolik erkinliklari darajasi, bandlik kafolatlari, korrupsiyani qabul qilish darajasi, shuningdek sotsiologik so‘rovlar natijalari kiradi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori o‘rinni Qozog‘iston egallab, 33-pog‘onaga joylashdi. Qirg‘iziston 66-o‘rinni, Tojikiston esa 88-o‘rinni egalladi. Turkmaniston esa tadqiqotga kiritilmagan.
Reyting yetakchisi yana Finlyandiya deb topildi, oxirgi o‘rinni esa Afg‘oniston egalladi.