Valyuta kurslari 25/02/2026
$1 – 12187.68
UZS – -0,4%
€1 – 14366.84
UZS – -0,51%
₽1 – 159.09
UZS – -0,01%
Qidirish
O‘zbekiston “Ayollar, biznes va qonun” indeksida o‘z o‘rnini yaxshiladi

O‘zbekiston “Ayollar, biznes va qonun” indeksida o‘z o‘rnini yaxshiladi

O‘zbekiston “Ayollar, biznes va qonun” indeksida o‘z o‘rnini yaxshiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon bankining 2026-yilgi «Ayollar, biznes va qonun» indeksi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z o‘rnini 43 pog‘onaga yaxshilab, 100 balldan 82,1 ball bilan 190 ta davlat orasida 48-o‘rinni egalladi.

Xususan, ayollarning iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida O‘zbekiston top-5 davlat qatoriga kiritildi. Hisobotda amalga oshirilgan qator tizimli islohotlar ijobiy baholandi.

Jumladan, davlat xaridlari tizimida genderga yo‘naltirilgan qoidalar joriy etildi, qonunchilikka ayollar tadbirkorligini rag‘batlantiruvchi normalar kiritildi, shuningdek ijtimoiy himoya va mehnat sohasidagi ayrim cheklovlar qayta ko‘rib chiqildi.

Natijada mamlakatimiz indeksning “Erkinlik”, “Oila”, “Mehnatga haq to‘lash”, “Bola parvarishi” hamda “Mulk va meros” indikatorlari bo‘yicha maksimal 100 ball to‘pladi. Shuningdek, “Mehnat” indikatorida ko‘rsatkichlar 50 balldan 91,75 ballga, “Pensiya” indikatorida esa 50 balldan 66,75 ballgacha oshdi.

Shu bilan birga, hisobotda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, mehnat bozori imkoniyatlarini kengaytirish, real ijtimoiy rag‘bat mexanizmlarini kuchaytirish, taʼlim hamda monitoring tizimlarini izchil takomillashtirish bo‘yicha islohotlarni davom ettirish tavsiya etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling