O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston — Avstriya: davlat xizmatlari sohasida tajriba almashinuvi

UzDaily · 17.06.2025 · 20:35 · 329 views
O‘zbekiston — Avstriya: davlat xizmatlari sohasida tajriba almashinuvi

O‘zbekiston — Avstriya: davlat xizmatlari sohasida tajriba almashinuvi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 16–20 iyun kunlari Avstriya parlamenti yuqori palatasi — Bundesrat raisi Andrea Eder-Gitshaler boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

17-iyun kuni delegatsiya a’zolari Toshkent shahar Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlarni Adliya vazirligi rahbariyati kutib oldi hamda markazdagi ish jarayonlari, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish amaliyoti bilan yaqindan tanishtirdi.

Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi davlat boshqaruvi, raqamli transformatsiya va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. Bu davr mobaynida ikki tomonlama aloqalar izchil rivojlanib bormoqda.

UzDaily · 👁 329 views · 17.06.2025 · 20:35