Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston ASTM bilan kelishuv imzoladi: standartlar soni oshadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSHning Vashington shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va ASTM International o‘rtasida standartlashtirish sohasida hamkorlik hujjati imzolandi.
Kelishuv xalqaro standartlarni joriy etish, mahsulot sifati va ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilashga qaratilgan.
Ayni paytda mamlakatimizda neft-gaz va boshqa sohalarda 400 ga yaqin ASTM standartlari qo‘llanilmoqda. 2026 yilda esa sanoat tarmoqlari uchun yana 300 ta standart joriy etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Toshkent shahrida treninglar va amaliy seminarlar o‘tkazish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.