O‘zbekiston AQSHda mavsumiy ish bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbekiston AQSHda mavsumiy ish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev AQSHning USA Farm Labor tashkiloti rahbari Manuel Fick bilan muzokara olib bordi.
Mazkur tashkilot 22 yildan buyon H-2A dasturi doirasida Qo‘shma Shtatlardagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarga xorijiy ishchilarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi. Hozirda Shimoliy Amerika hududida 1 400 dan ortiq fermer xo‘jaliklari va rancholar bilan hamkorlik shartnomasiga ega.
Onlayn tarzda o‘tgan muloqotda o‘zbekistonlik nomzodlarni ilk bor AQSHdagi mavsumiy ishlarga jalb etish tartiblari muhokama qilindi.
Ish muddati: 9–10 oy;
O‘rtacha oylik: 3 500 $;
Turar joy: ish beruvchi hisobidan;
Malakali mutaxassislarga ustuvorlik beriladi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro kelishuv imzolandi, hamda hamkorlikni keyingi bosqichlarini eng tez muddatlarda amalga oshirishga kelishib olindi.