O‘zbekiston aholisining deyarli 95 foizi internetdan foydalanmoqda — 2025 yil yanvar–avgust oylari maʼlumotlari
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Statistika milliy qo‘mitasining xonadonlar o‘rtasida o‘tkazgan tanlanma o‘rganish natijalariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida internetdan foydalanuvchi aholi ulushi 94,2 foizga yetdi.
Yillar kesimidagi statistika internet qamrovining barqaror o‘sishini namoyon qilmoqda: 2021 yilda bu ko‘rsatkich 76,6 foizni, 2022 yilda — 83,9 foizni, 2023 yilda — 89 foizni, 2024 yilda esa — 93,3 foizni tashkil etgan. 2025 yilning dastlabki sakkiz oyi natijalariga ko‘ra esa bu raqam 94,2 foizga ko‘tarildi.
Tadqiqot natijalari mamlakatda raqamlashtirish jarayoni izchil davom etayotganini va aholi uchun internet xizmatlarining yuqori darajada ommalashganini ko‘rsatmoqda.