Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
O‘zbekiston Afg‘onistondagi ko‘rgazmada eksport salohiyatini kuchaytirmoqda

O‘zbekiston Afg‘onistondagi ko‘rgazmada eksport salohiyatini kuchaytirmoqda

O‘zbekiston Afg‘onistondagi ko‘rgazmada eksport salohiyatini kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi Qobul shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Imom Abu Hanifa — 4-milliy va xalqaro ko‘rgazmasi”da qatnashmoqda.

Afg‘oniston Savdo va investitsiya palatasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir mintaqadagi yirik iqtisodiy hamkorlik maydonlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekistondan 100 ga yaqin tadbirkor va ishlab chiqaruvchilar “Made in Uzbekistan” milliy stendi orqali qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, metallurgiya, elektrotexnika, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, tibbiy uskunalar, farmatsevtika, to‘qimachilik, turizm va taʼlim kabi yo‘nalishlarda o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida iqtisodiy tahlil sessiyalari, B2B uchrashuvlar, ishbilarmonlar forumi va savdo muzokaralari tashkil etilmoqda.

Tadbir ishtirokchilari uchun eksport salohiyatini oshirish, yangi sheriklar bilan aloqalar o‘rnatish va hamkorlik doirasini kengaytirish imkoniyatlari yaratilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling