Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.01.2025 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son qarori ijrosini taʼminlash, xususan, “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” yo‘nalishida yuk tashishlar hajmini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Transport muammolarini o‘rganish markazi tashabbusi bilan Afg‘oniston va Pokiston transport idoralari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda tomonlar “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” yo‘nalishini rivojlantirishga qaratilgan Qo‘shma harakatlar rejasi loyihasini muhokama qildilar. 

Mazkur loyiha yo‘nalish bo‘ylab yuk tashishlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Harakatlar rejasi loyihasini yakuniy tahrirga keltirib, imzolash uchun davlat ichki protseduralarini boshlashga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling