O‘zbekiston adliya vaziri o‘rinbosari Standards & Poor’s agentligi bilan islohotlar va suveren reytinglar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 25-sentyabr sanasida Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev boshchiligida S&P xalqaro reyting agentligi vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuv davomida “S&P” xalqaro reyting agentligi tomonidan tuziluvchi xalqaro suveren kredit reytingi hisobotlarida aks ettirish maqsadida O‘zbekistonda sud-huquq, inson huquqlari, korrupsiyaga qarshi kurash va davlat boshqaruvi sohalarida amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirda Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oliy sudning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash sohasiga mas’ul xodimlari ishtirok etdi.