Valyuta kurslari 06/11/2025
$1 – 11970.67
UZS – 0,17%
€1 – 13748.31
UZS – 0,03%
₽1 – 147.59
UZS – -0,07%
Qidirish
O'zbekiston Abu-Dabida sun'iy intellekt va energetika forumlarida ishtirok etmoqda

O'zbekiston Abu-Dabida sun'iy intellekt va energetika forumlarida ishtirok etmoqda

O'zbekiston Abu-Dabida sun'iy intellekt va energetika forumlarida ishtirok etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 2-6-noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida “ENACT Majlis” va “ADIPEC-2025” sun’iy intellekt va energetika sohasiga oid xalqaro forumlar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda jahonning yoqilg‘i-energetika, sun’iy intellekt, raqamlashtirish sohasidagi ko‘plab vazirlar va yetakchi kompaniyalar rahbarlari qatori O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ham ishtirok etdi.

Tadbirlarda energetika sohasiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va bu yo‘nalishdagi rivojlanish masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish jarayonlari, ma’lumotlar markazlari (Data Center) hamda raqamli ulanish tizimlarining dolzarbligi ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan birga, barqaror energetika, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, tizimning moslashuvchanligini oshirish va davlat-xususiy sherikchiligining innovatsion modellari bo‘yicha samarali tajriba almashildi.

Xalqaro forum doirasida “Energiya xavfsizligi va barqarorligini diversifikatsiya qilish orqali mustahkamlash” mavzusida vazirlarning davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda jahon energetikasidagi muhim yo‘nalishlar — energiya xavfsizligi, barqarorlik va diversifikatsiyaning yangi bosqichi muhokama qilindi. Asosiy e’tibor tez sur’atlarda o‘sib borayotgan energiyaga bo‘lgan talabni qondirish uchun amaliy va pragmatik yondashuvlarga qaratildi.

Tadbirlar doirasida BAA Sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri Sulton Ahmad Al-Jobir, Energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy, “Masdar”, “AMEA Power”, “Etihad Waters”. “XRG”, “Global South Utilities”, “Siemens Energy” (Germaniya), “Honeywell Global Regions”, “Honeywell Process Solutions” va “SLB” (AQSH), “BP” (Buyuk Britaniya) hamda boshqa hamkor kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston-BAA o‘rtasida “yashil” energetika va neft-gaz sohalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Bugungi kunda “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda umumiy quvvati 1 247 MVt bo‘lgan 5 ta quyosh va 500 MVt quvvatli 1 ta shamol elektr stansiyasi hamda 63 MVt quvvatli 1 ta energiya saqlash tizimi ishga tushirilgani va barqaror “yashil” energiya ishlab chiqarayotgani alohida ta’kidlandi. Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etilmoqda.

Forum doirasida BAAning “Masdar” kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida 300 MVt/600 MVt·soat va “AMEA Power” kompaniyasi bilan 200 MVt/800 MVt·soat quvvatli 2 ta energiya saqlash tizimini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling