Valyuta kurslari 06/10/2025
$1 – 12060.48
UZS – -0,32%
€1 – 14156.59
UZS – -0,47%
₽1 – 146.97
UZS – -1,3%
Qidirish
O‘zbekiston 8 oyda 976,7 tonna paxta yog‘i import qilgan

O‘zbekiston 8 oyda 976,7 tonna paxta yog‘i import qilgan

O‘zbekiston 8 oyda 976,7 tonna paxta yog‘i import qilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga 4 ta xorijiy davlatdan qiymati 522,3 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 976,7 tonna paxta yog‘i import qilingan.

Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 937,2 tonnaga yoki 49 foizga kamaygan.

Joriy yilning sakkiz oyi davomida O‘zbekistonga paxta yog‘i yetkazib bergan asosiy mamlakatlar quyidagicha bo‘ldi: Qozog‘iston — 634,3 tonna, Ozarbayjon — 320 tonna, Afg‘oniston — 22,1 tonna va Rossiya — 0,2 tonna.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling