Valyuta kurslari 09/07/2025
$1 – 12712.09
UZS – 0,28%
€1 – 14927.81
UZS – 0,36%
₽1 – 162.64
UZS – 1,0%
Qidirish
Iqtisod 09/07/2025 O‘zbekiston 2030 yilgacha issiqlik va issiq suv uchun subsidiyalardan voz kechadi

O‘zbekiston 2030 yilgacha issiqlik va issiq suv uchun subsidiyalardan voz kechadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2030 yilga qadar issiqlik taʼminoti tizimidagi subsidiyalar bosqichma-bosqich bekor qilinib, bu sohada davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash to‘liq tugatiladi.

Bu haqda 8 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida davlat unitar korxonasi “Issiqliktaʼminoti” bosh direktori Ilhom Turayev maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, hozirgi kunda Toshkent va hududlarda aholi issiq suv va issiqlik taʼminoti xizmatlaridan imtiyozli tariflar bo‘yicha foydalanmoqda. Isteʼmolchilar uchun belgilangan narx bilan xizmatlarning bozordagi haqiqiy qiymati o‘rtasidagi farq davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

«Issiqlik taʼminoti sohasini barqaror rivojlantirish uchun subsidiya tizimidan voz kechish zarur. Bir vaqtning o‘zida buni amalga oshirish mumkin emas. Biz 2030 yilgacha dotatsiyalardan to‘liq voz kechish sari harakat qilmoqdamiz. Bu uchun tariflarni yilda bir yoki ikki marta qayta ko‘rib chiqish talab etiladi. Narxlarni keskin ko‘tarish aholi farovonligiga jiddiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin», — dedi Ilhom Turayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, byudjet qo‘llab-quvvatlash hajmi bosqichma-bosqich qisqartiriladi. Bozor mexanizmlariga o‘tish ham asta-sekin amalga oshiriladi, bu esa aholiga tushadigan yukni kamaytirish va shu bilan birga issiqlik taʼminoti korxonalarining barqaror faoliyatini taʼminlashga yordam beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling