O‘zbekiston 2030 Strategiyasi: 2026-yilda pasaygan gaz qazib olish 2027-yildan boshlab barqarorlashadi
O‘zbekiston 2030 Strategiyasi: 2026-yilda pasaygan gaz qazib olish 2027-yildan boshlab barqarorlashadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2027 yildan boshlab O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish hajmlarining barqaror o‘sishi kutilmoqda. Bu haqda 2026 yil 16 fevralda Prezident tomonidan tasdiqlangan yangilangan “O‘zbekiston–2030” strategiyasida qayd etilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2025 yilda mamlakatda 41,7 mlrd kub metr gaz ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning asosiy qismi — 25,2 mlrd kub metri “O‘zbekneftgaz” hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Biroq, Milliy statistika qo‘mitasi ilgari 42,3 milliard kubometr ko‘rsatkichni eʼlon qilgan edi, tafovut sababi aniqlanmagan.
2026 yilda gaz qazib olish hajmi 1,5 mlrd kub metrga yoki 3,6 foizga kamayib, 40,2 mlrd kub metrni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
2027 yildan esa ko‘p yillik barqaror o‘sishga o‘tish kutilmoqda: 2027 yilda qazib olish hajmi 42,9 mlrd kub metrga yetshi mumkin, bu oldingi yilga nisbatan 6,7 foizga ko‘p. 2028 yilda ko‘rsatkich 44,5 mlrd kub metrni, yaʼni 3,7 foizlik o‘sishni, 2029 yilda 45,5 mlrd kub metrni, yaʼni 2,2 foizlik o‘sishni, 2030 yilga kelib esa 48,5 mlrd kub metrni, yaʼni 6,5 foizlik o‘sishni tashkil etishi kutilmoqda.
Taqqoslash uchun aytish joizki, 2023 yil sentyabrda tasdiqlangan avvalgi strategiyada 2030 yilga kelib gaz qazib olish hajmi 62 mlrd kub metr bo‘lishi taxmin qilingan edi. Shunday qilib, maqsadli ko‘rsatkich qayta ko‘rib chiqilib, 21,7 foizga, yaʼni 13,5 mlrd kub metrga kamaytirildi.
Shuningdek, tasdiqlangan strategiya versiyasi 2025 yil dekabrda Prezident topshirig‘iga ko‘ra jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan loyihadan sezilarli darajada farq qilishi taʼkidlangan. O‘shanda 2026–2028 yillar oralig‘ida gaz qazib olish hajmi pasayishda davom etishi nazarda tutilgan edi.
Loyiha va tasdiqlangan tahrir maʼlumotlariga ko‘ra, dinamika quyidagicha: 2026 yilda prognoz 37,9 mlrd o‘rniga 40,2 mlrd kub metrni tashkil etdi, yaʼni 6 foizga yuqori. 2027 yilda 35,6 mlrd o‘rniga 42,9 mlrd kub metr, yaʼni 20,5 foizga ko‘p. 2028 yilda 33,4 mlrd o‘rniga 44,5 mlrd kub metr, yaʼni 33,2 foizga ko‘p. 2029 yilda 41,2 mlrd o‘rniga 45,5 mlrd kub metr, yaʼni 10,4 foizga ko‘p. 2030 yilga kelib esa 38,7 mlrd o‘rniga 48,5 mlrd kub metr, yaʼni 25,3 foizga yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.