O‘zbekiston 2026 yilda YAIM PPP bo‘yicha dunyoda 55-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston 2026 yilda YAIM PPP bo‘yicha dunyoda 55-o‘rinni egalladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “VC“ mamlakatlar YaIM ko‘rsatkichlari xarid qobiliyati paritetiga (PPP) moslashtirilgan holda taqqoslangan global iqtisodiyotning vizualizatsiyasini e’lon qildi. Xalqaro valyuta jamg'armasi baholariga ko‘ra, 2026 yilda jahon iqtisodiyotining umumiy hajmi PPP hisobida qariyb $219 trlnni tashkil etadi.
Iqtisodiyotlarni PPP asosida taqqoslaganda global reyting nominal YaIMga qaraganda ancha boshqacha ko‘rinadi. Nominal YaIM bo‘yicha dunyodagi eng yirik iqtisodiyot AQSh bo‘lsa-da, PPP hisobida Xitoy amalda 2014 yildan buyon dunyoning yetakchi iqtisodiyoti hisoblanadi. Bugungi kunda Xitoy iqtisodiyoti $43,5 trlnga baholanmoqda, bu AQShning $31,8 trln ko‘rsatkichidan ancha yuqoridir.
Biroq Xitoy dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari qatorida Osiyoni ifodalayotgan yagona davlat emas. Hozirda Osiyo mamlakatlari jahon iqtisodiyotining 49%ini ta’minlab, qit’aning xalqaro savdo va ishlab chiqarishning yangi markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda.
Hindiston PPP bo‘yicha dunyodagi uchinchi yirik iqtisodiyot bo‘lib, uning YaIMi $19,1 trlnni tashkil etadi. Shuningdek, Yaponiya ($6,9 trln), Indoneziya ($5,4 trln) va Janubiy Koreya ($3,5 trln) ham nisbatan arzon yashash xarajatlari tufayli nominal YaIMga nisbatan bir necha trillion dollarga yuqori natijani ko‘rsatmoqda.
2026 yil baholariga ko‘ra, O'zbekiston dunyoda 55-o‘rinni egallaydi, iqtisodiyot hajmi esa taxminan $511 mlrd (PPP)ni tashkil etadi. Global reytingda Oʻzbekiston Portugaliya ($556 mlrd), Daniya ($529 mlrd) va Gretsiya ($485 mlrd) kabi davlatlar bilan yonma-yon joylashadi.