O‘zbekiston 2026 yil boshida UzNIF’ni Londonda IPO qilishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston 2026 yil boshida UzNIF’ni Londonda IPO qilishni rejalashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Bloomberg“ xabariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘zining Milliy investitsiya jamg‘armasini (UzNIF) London fond birjasida listinga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu mamlakat tarixida Londondagi birinchi listing bo‘ladi.
“Franklin Templeton“ tomonidan boshqariladigan UzNIF aksiyalarni Londonda ham, Toshkentda ham sotish uchun zarur hujjatlarni tayyorlamoqda. Agentlikning vaziyatdan xabardor manbalariga ko‘ra, dastlabki ommaviy taklif (IPO) 2026 yilning I choragidayoq boshlanishi mumkin.
Sentabr oyida fond potensial joylashtirishni tashkil qilishda yordam beradigan banklarni tanlab oldi. O'sha oyda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hukumatning UzNIF portfelini investorlar uchun jozibadorligini oshirish maqsadida uni qayta tuzish ma'qulladi.
Bu orada dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri bo‘lgan “NKMK”ning IPO’ga chiqish jarayoni sekinlashmoqda. Manbalarning ta'kidlashicha, “NKMK“ aprel oyidagi prezident qaroriga qaramay, Londonda IPO o'tkazishi ehtimoldan yiroq.