O‘zbekiston 2025 yilning yetti oyida 18 davlatga 10,5 million dollarlik mebel eksport qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 18 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan mebel va mebel mahsulotlarini eksport qilgan.
Mebel va mebel mahsulotlari eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 949 ming AQSH dollariga oshgan.
O‘zbekiston mebellarining asosiy importchilari quyidagilar bo‘ldi: Rossiya — 4,4 million dollar, Qozog‘iston — 2,8 million dollar, Ozarbayjon — 1,2 million dollar, Tojikiston — 808,2 ming dollar, Qirg‘iziston — 562,5 ming dollar, Armaniston — 187,6 ming dollar, Gruziya — 105,4 ming dollar, Belarus — 104,2 ming dollar. 328,6 ming dollar boshqa mamlakatlarga to‘g‘ri keldi.