O‘zbekiston 2025 yilgi Global Innovatsiyalar indeksida 79-o‘ringa ko‘tarildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil uchun Global Innovatsiyalar indeksining (GII) so‘nggi hisobotida O‘zbekiston dunyoning 139 ta mamlakat orasida 79-oʻrinni egalladi. Bu mamlakatimizning so‘nggi 9 yilda 43 pog‘onaga yuqori ko‘tarilganini anglatadi.
Oʻzbekiston quyi va oʻrta daromad guruhida Vyetnam, Marokash, Mo‘g‘uliston va boshqa 37 ta mamlakat oʻrtasida 7-oʻrindan hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida 10 ta mamlakat ichida Hindiston va Erondan keyin 3-oʻrindan joy oldi.
Reytingda innovatsiyalarga yo‘naltiriladigan sarmoya va resurslar (innovation input) subindeksida 69-o‘rin va innovatsiyalarning natijadorligi (innovation output) subindeksida 92-o‘rinni egalladi.
Mamlakatlar 2025-yilgi reytingda 78 ta indikator boʻyicha baholandi. Shunga koʻra, Oʻzbekiston uchun 36 ta indikatorda pozitsiya yaxshilandi, 7 tasida esa 2024 yilgi natija saqlab qolindi.
GII yo‘nalishlarining 4 tasida jumladan, “inson kapitali va ilmiy tadqiqotlar” “infratuzilma”, “bozor rivojlanishi”, “bilim va texnologiya mahsullari”da pozitsiyalar yaxshilandi.
Respublikamizning ikki oliy taʼlim muassasasi – Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari Milliy tadqiqot universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining QS jahon universitetlar reytingidagi natijalari GII reytingida aks ettirilgani natijasida “QS reytingi bo‘yicha eng yuqori 3talik universitetlarning o‘rtacha bahosi” indikatori 11 pog‘onaga yaxshilanib 64-o‘ringa ko‘tarildi.
GIIning 2025-yil reyting hisobotida 35 ta indikatorda o‘sish tendensiyalari qayd etildi, shulardan 10 tasida eng yuqori o‘sish kuzatildi. Xususan, yuqori texnologiyalar eksporti ko‘rsatkichida 14 pog‘ona, Startap va skaylaplarni moliyalashtirish ko‘rsatgichida 13 pog‘ona, Intellektual mulkdan keladigan tushumlar ko‘rsatkichida 17 pog‘ona, Yangi bizneslar/Yunikornlar bahosi ko‘rsatgichida 13 pog‘ona, Kretiv tovarlar eksporti ko‘rsatkichida 11 pog‘ona, Oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish ko‘rsatgichida 20 pog‘ona hamda Ta‘lim uchun davlat harajatlari ko‘rsatgichida 10 pog‘ona yuqorilandi.
Global innovatsiya indeksi reytingi global tadqiqot va innovatsion rivojlanish bo‘yicha dunyo mamlakatlari faoliyatini baholaydigan yetakchi tadqiqot hisoblanadi hamda 2 ta subindeks va 7 ta yo‘nalish guruhiga birlashtirilgan 80 ga yaqin indikatorni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston GII reytingiga ilk bor 2015-yilda qo‘shilgan. Bu mamlakatimizning so‘nggi 9 yilda 43 pog‘onaga yuqori ko‘tarilganini anglatadi.