Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
O‘zbekiston 2025-yilda investitsiyalarni oshirish va ESG-prinsiplarini joriy etishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2025-yilda investitsiyalarni oshirish va ESG-prinsiplarini joriy etishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2025-yilda investitsiyalarni oshirish va ESG-prinsiplarini joriy etishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston 2025-yilda sanoatning asosiy kapitalga investitsiyalarni 6,1% ga oshirishni rejalashtirmoqda.

Bu 2025-yil uchun davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan bo‘lib, ushbu hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu tarmoqlarda investitsiyalar mutanosib ravishda 4,1% va 14,2% ga o‘sishi kutilayapti.

Ustuvor vazifalar qatorida yillik inflyatsiya darajasini 7–8% doirasida saqlash va konsolidatsiyalashgan byudjet defitsitini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3% dan oshirmaslik ko‘rsatilgan.

Iqtisodiy faollikni oshirish maqsadida hukumat 2025-yil oxiriga kelib tovar va xizmatlar eksportini 15% ga ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

2025-yil avgust oyiga qadar banklar va asosiy korxonalarning ESG-prinsiplariga (ekologik, ijtimoiy va korporativ mas’uliyat) tayyorligini tahlil qilish rejalashtirilgan. Tahlil natijalariga asoslanib, barqaror boshqaruv yondashuvlarini joriy etishga qaratilgan dastur ishlab chiqiladi.

ESG reytinglari quyidagi tashkilotlar uchun berilshi kutilmoqda: «O‘zbekneftegaz» AJ, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ, «Uzbekistan Airports» AJ, «Uzbekistan Airways» AJ.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling