Valyuta kurslari 16/09/2025
$1 – 12344.61
UZS – -0,66%
€1 – 14501.21
UZS – -0,45%
₽1 – 149.70
UZS – 1,86%
Qidirish
O‘zbekiston 2024 yilda oltin ishlab chiqaruvchi TOP-10 mamlakat qatoriga kirdi

O‘zbekiston 2024 yilda oltin ishlab chiqaruvchi TOP-10 mamlakat qatoriga kirdi

O‘zbekiston 2024 yilda oltin ishlab chiqaruvchi TOP-10 mamlakat qatoriga kirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon Oltin Kengashi (WGC) ma’lumotlariga 2024 yilda dunyo bo‘yicha oltin qazib olish hajmi 3661 tonnani (+0,5% y/y) tashkil etdi. Shundan 129 tonna O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, bu umumiy ko‘rsatkichning 3,5% ga tengdir.

Oltinning eng yirik iste’molchisi an’anaviy tarzda zargarlik sanoati bo‘lib, uning ulushi 2003,5 tonnani (-9% y/y) tashkil etdi.

Biroq, 2023 yilga nisbatan talab 11% ga kamayib, 1877,1 tonnani tashkil etdi. Bu esa oltin narxining oshishi bilan izohlanadi. Shunga qaramay, zargarlik buyumlariga sarflangan mablag‘ 9% ga o‘sib, $144 mlrdga yetdi.

VC infografikiga ko‘ra, oltin qazib olish hajmi bo‘yicha yetakchilar Xitoy (380 tonna), Rossiya (330 tonna), Avstraliya (284 tonna), Kanada (202 tonna) va AQSh (158 tonna) bo‘ldi. O‘zbekiston 10-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qozog‘iston 87 tonna ko‘rsatkich bilan 14-o‘rindan joy oldi.

O‘zbekiston jahon oltin bozorida o‘z mavqeini mustahkamlab, mintaqadagi yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri maqomini tasdiqlamoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling