Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston 16 ta davlatga 6,9 mln dollarlik qalampir eksport qilgan
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 16 ta xorijiy davlatga qiymati 6,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 8,8 ming tonna qalampir eksport qilgan.
O‘zbekiston 8 oyda eng ko‘p qalampir eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 4,7 ming tonna;
Qirg‘iz R. – 1,9 ming tonna;
Ispaniya – 1,1 ming tonna;
Rossiya — 0,4 ming tonna;
Boshqa davlatlar — 0,7 ming tonna.