Valyuta kurslari 15/08/2025
$1 – 12581.97
UZS – 0,67%
€1 – 14698.26
UZS – 0,27%
₽1 – 157.75
UZS – 0,61%
Qidirish
Iqtisod 17/08/2025 O‘zbekiston 14 davlatga 23,4 ming tonna o‘rik eksport qildi

O‘zbekiston 14 davlatga 23,4 ming tonna o‘rik eksport qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–iyul oylari davomida O‘zbekiston jami 18,8 million AQSH dollari qiymatida 23,4 ming tonna o‘rikni jahonning 14 mamlakatiga eksport qildi.

O‘zbek o‘riklarining asosiy xaridorlari MDH davlatlari bo‘ldi. Jumladan, Rossiyaga — 17 111 tonna, Qozog‘istonga — 4 256 tonna, Qirg‘izistonga — 1 249 tonna, Ukrainaga — 305 tonna, Belarusga — 218 tonna yetkazib berildi.

Bundan tashqari, Iroqqa — 142 tonna, Ozarbayjonga — 40 tonna, Polshaga — 39 tonna hamda boshqa bir qator mamlakatlarga jami 86 tonna o‘rik eksport qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling