“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va CATHAYA GROUP bilan hamkorlikda 30 million dollarlik loyihani amalga oshiradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi rahbariyati Xitoyning yirik sanoat guruhi — CATHAYA GROUP vakillari bilan uchrashdi. Muzokaralarda ipakchilik sohasida hamkorlik, investitsiya jalb qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda hamkorlikda 30 million dollarlik ipak mato ishlab chiqarish korxonasi qurish rejasi bo‘yicha o‘zaro takliflar o‘rtoqlashildi. Yangi korxona ishga tushgach, 300 ta ish o‘rni yaratiladi, yiliga 500 ming metr ipak mato ishlab chiqariladi va 80 tonna xom ipak qayta ishlanadi. Bu orqali pilla yetishtirishdan tayyor mahsulotgacha to‘liq ishlab chiqarish zanjiri yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha 2027-yilda to‘liq qurilib, ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Uchrashuv yakunida CATHAYA GROUP boshqaruvi raisi Chjan Gotsyan va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi rahbariyati loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
CATHAYA GROUP 1950-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 10 mingdan ortiq xodimga ega va yillik aylanmasi 1,5 milliard dollardan ziyodni tashkil etadi.