“O‘zbekgidroenergo” – barqaror energiya vaxalqaro ishonch ramzi: Fitch Ratings kompaniyareytingini “BB” barqaror darajasida tasdiqladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning barqaror energiya sohasidagiyetakchi kompaniyasi – “O‘zbekgidroenergo” AJ xalqaro Fitch Ratings agentligi tomonidan yana birbor “BB” darajasidagi, “barqaror” prognozli kreditreytingi bilan tasdiqlandi.
Ushbu natija nafaqat kompaniyaning moliyaviybarqarorligini, balki O‘zbekiston gidroenergetikasiningyangi bosqichga chiqib borayotganini tasdiqlaydi.
Fitch‘ning baholashiga ko‘ra, “O‘zbekgidroenergo” AJ so‘nggi yillarda moliyaviynatijalar, tavakkalchiliklarni boshqarish va korporativboshqaruv samaradorligi sohasida muhim yutuqlargaerishdi. Kompaniyaning mustaqil kredit darajasiinvestorlar uchun ishonchli muhit yaratilganliginianglatadi.
Kompaniya so‘nggi yillarda to‘liq o‘z mablag‘lariva davlat kafolatisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlarhisobidan moliyalashtirilayotgan yirik loyihalarportfelini amalga oshirmoqda. Fitch taʼkidlaganidek, “O‘zbekgidroenergo”ning moliyaviy siyosatiehtiyotkorlik va uzoq muddatli barqarorliktamoyillariga asoslanib, FFO leverage ko‘rsatkichi 2-3x darajasida saqlanmoqda – bu esa, xalqaro andozalarbo‘yicha mustahkam moliyaviy baza hisoblanadi.
Kompaniyaning 2030-yilgacha bo‘lganRivojlanish strategiyasi doirasida 3,6 trln so‘mlik yillikinvestitsiya dasturi, mavjud GESlarni modernizatsiyaqilish va yangi gidroquvvatlarni qurish orqalimamlakatning yashil energiya salohiyatini oshirishgaqaratilgan.
“O‘zbekgidroenergo”ning Fitch tomonidan “BB” barqaror darajasida tasdiqlanishi – bu kompaniyaningmoliyaviy samaradorligiga berilgan baho emas, balkiO‘zbekistondagi barqaror energiya inqilobiningxalqaro darajada tan olinishidir. Bu natijamamlakatning energetik mustaqilligi, atrof-muhitmuhofazasi va ESG tamoyillariga sodiq rivojlanishyo‘lining amaliy isbotidir.
““O‘zbekgidroenergo”ning barqaror reytingnisaqlab qolishi – bu faqat natija emas, balki yangimaqsadlar uchun kuchli asos. Biz milliy energiyatizimini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishdadavom etamiz,” – deb taʼkidlaydi kompaniyarahbariyati.