Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbek tennischilari Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova Australian Open turniridagi raqibalarini bilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbek tennischilari mavsumdagi birinchi «Katta shlem» turniri — Avstraliya ochiq chempionatining asosiy to‘rida kimga qarshi maydonga tushishi maʼlum bo‘ldi.
Qura tashlash natijalariga ko‘ra, Kamilla Rahimova birinchi davra uchrashuvida AQSH vakili, jahon reytingida uchinchi o‘rinni egallab turgan Kori Gauff bilan bellashadi.
Polina Kudermetova esa turnirdagi ishtirokini ispaniyalik tennischi Guyomar De Realesga qarshi bahs bilan boshlaydi.
O‘zbekiston tennischilari ishtirokidagi birinchi davra uchrashuvlari 18 yanvar kuniga belgilangan.