Valyuta kurslari 31/10/2025
$1 – 12025.22
UZS – 0,29%
€1 – 13969.70
UZS – 0,07%
₽1 – 149.36
UZS – -0,9%
Qidirish
O‘zbek sportchilari Bahrayndagi yoshlar o‘yinlarida 16 ta medal qo‘lga kiritdi

O‘zbek sportchilari Bahrayndagi yoshlar o‘yinlarida 16 ta medal qo‘lga kiritdi

O‘zbek sportchilari Bahrayndagi yoshlar o‘yinlarida 16 ta medal qo‘lga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarining navbatdagi musobaqa kuni yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi bu kuni juda yuqori natijalarga erishib, jami 16 ta medal — 5 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jamoa hisobiga ikkita oltin medalni og‘ir atletika bo‘yicha Munisbek Davletov olib kirdi. U 88 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida siltab va dast ko‘tarish yo‘nalishlarida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Chempionlik unvonlarini shuningdek, Dilafruz Boltaboyeva (dzyudo, 40 kg gacha), Abubakr Sattorov (dzyudo, 55 kg gacha) va Bunyod Rufatov (erkin kurash, 80 kg gacha) ham qo‘lga kiritdi.

Kumush medallar egalari — Alina Kolyuchyova (dzyudo, 44 kg gacha), Davlat Axrorov (dzyudo, 60 kg gacha), Shahobiddin Nurmanov (erkin kurash, 48 kg gacha), Shohista Shonazarova (erkin kurash, 43 kg gacha) va Shahnoza Xaydarova (og‘ir atletika, 69 kg gacha, silkish bo‘yicha).

Bronza medallarini esa Shohjaxon Usmonov (dzyudo, 50 kg gacha), Zuxra Alimova (dzyudo, 52 kg gacha), Abdumalik Jaloldinov (erkin kurash, 55 kg gacha), Shohiddin Aliyev (erkin kurash, 65 kg gacha), Dilnura Avezova (erkin kurash, 57 kg gacha) va Muxayyo Rahimjonova (erkin kurash, 69 kg gacha) qo‘lga kiritishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling