Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbek non jahondagi eng yaxshi 50 non ro‘yxatiga kiritildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mashhur CNN Travel portali jahondagi eng yaxshi 50 non ro‘yxatiga O‘zbekiston milliy noni — o‘zbek nonini kiritdi.
Nashr taʼkidlashicha, anʼanaviy o‘zbek nonlari naqshlar, gullar va maxsus shtamplar bilan bezatiladi hamda anʼanaviy tandirlarda pishiriladi.
Shuningdek, nonning shakli va taʼmi hududlarga qarab farq qiladi — Toshkentdan to Samarqandgacha har bir mintaqaviy nonning o‘ziga xos jihatlari mavjud.
CNN Travel qayd etishicha, issiq non tandirada pishirilgandan so‘ng bozorlar va qahvaxonalarga maxsus tashuvchilar — choparlar tomonidan yetkazib beriladi.