O‘zbek kashtachilik an’analari Samarqanddagi ko‘rgazmada namoyish etilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqanddagi “Expo Center Silk Road” majmuasida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Choklardagi meros: O‘zbekiston kashtachilik va tikuvchilik an’analari bo‘ylab sayohat” nomli ko‘rgazma o‘z ishini boshladi.
Ekspozitsiyada XIX-XX asrlarga oid 151 dan ortiq muzey eksponatlari Nukus, Samarqand, Buxoro va Toshkent muzeylari sara to‘plamlariga mansub milliy liboslar, bosh kiyimlar, zargarlik buyumlari hamda to‘qimachilik namunalaridan iboratdir.
Unda alohida e’tibor to‘qimachilik va kashtachilik san’atiga qaratilgan bo‘lib, so‘zananing noyob namunalari hamda zandanachi va vodoriy kabi an’anaviy gazlama matolarini tomosha qilish mumkin. Namoyishga qo‘yilgan ashyolar oltin va kumushdan yasalgan buyumlardan iborat zargarlik san’ati bo‘limi bilan yakunlanadi.
Ko‘rgazma 2025-yil 30-oktyabrdan 13-noyabrgacha tashrif buyuruvchilar uchun muntazir.