O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi
O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi.
Universitet o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oshiradi.
Universitetda dastlabki bosqichda magistratura, keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, Universitetga kirish uchun tayyorlov kursi joriy etiladi.
Taʼlim jarayoni maqsadli davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bitiruvchilarga Universitet diplomi va (yoki) Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan taʼlim dasturlari bo‘yicha konsorsium tarkibiga kirgan tegishli Fransiya universitetining diplomi beriladi.
Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.