“O‘zaviatsiya” agentligiga IKAO tomonidan xalqaro tajribaga ega yuqori malakali xorijiy konsultant-ekspertlar ajratish bo‘yicha kelishuv imzolandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga (IKAO) doimiy aʼzo bo‘lib, tashkilot oldida olgan majburiyatlarini bajarish maqsadida fuqaro aviatsiyasi faoliyati IKAO standartlari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi sohasida Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni inobatga olgan holda,xozirgi kunda IKAO bilan o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga o‘tmoqda.
Jumladan, joriy yilning 24 sentyabr kuni IKAO Assambleyasining navbatdagi sessiyasi doirasida “O‘zaviatsiya” agentligiga IKAO tomonidan xalqaro tajribaga ega yuqori malakali xorijiy konsultant-ekspertlarni ajratish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Kelishuv IKAO Bosh Kotibi Xuan Karlos Salazar hamda “O‘zaviatsiya” agentligidirektori Tohir Nazarov tomonidan imzolandi.