O‘zatom delegatsiyasi "ENERGOPROM" xalqaro forumida ishtirok etmoqda

O‘zatom delegatsiyasi "ENERGOPROM" xalqaro forumida ishtirok etmoqda

O‘zatom delegatsiyasi "ENERGOPROM" xalqaro forumida ishtirok etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 2-aprel kuni “O‘zatom” agentligi delegatsiyasi Tatariston Respublikasiga ishchi tashrifini davom ettirib, bugun Qozon shahrida ish boshlagan “ENERGOPROM” Qozon xalqaro elektr energetika forumi tadbirlarida faol ishtirok etdi.

Kun davomida delegatsiya vakillari forumning tantanali ochilish marosimida qatnashdilar, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma ekspozitsiyasi bilan tanishdilar, shuningdek, “GOELRO ver. 2.0: afsonaning qayta tiklanishi” nomli yalpi majlisda hamda MDH Elektr energetika kengashining 68-yig‘ilishida ishtirok etdilar.

Forum maydonida elektr energetikasi tarmog‘ining ustuvor vazifalari, infratuzilmani modernizatsiya qilish, texnologik suverenitetni ta’minlash, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, jarayonlarni raqamlashtirish va malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro hamkorlik istiqbollari, ilg‘or tajriba almashish va qo‘shma energetika loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

MDH Elektr energetika kengashi yig‘ilishi doirasida ishtirokchilar Hamdo‘stlik mamlakatlari energiya tizimlarining bugungi holati, mintaqaviy muvofiqlashtirish, energiya ta’minoti ishonchliligini oshirish, yangi generatsiya quvvatlarini integratsiya qilish va amaliy hamkorlikni mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Forumdagi chiqishlarda O‘zbekistonning energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni barpo etish, tarmoq majmuasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish va mintaqaviy energetika sherikligini rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borayotgani qayd etildi.

“O‘zatom” delegatsiyasi tashrif doirasida xalqaro aloqalarni mustahkamlagan holda o‘z ishini davom ettirmoqda.

“ENERGOPROM” Qozon xalqaro elektr energetika forumi elektr energetikasi sohasidagi yetakchi platforma bo‘lib, tarmoqni rivojlantirishning dolzarb vazifalarini hal etishga hamda Rossiya Federatsiyasining 2050-yilgacha mo‘ljallangan Energetika strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashadi. 2026-yildan boshlab forumga federal maqomi berilgan. Tadbir an’anaviy tarzda “Qozon Ekspo” XKMda o‘tkazilib, u ishbilarmonlik dasturi, ko‘rgazma va ekspertlar uchrashuvlarini o‘z ichiga oladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling