“O‘zatom” agentligi delegatsiyasi Tatariston Respublikasiga amaliy tashrifini yakunladi

“O‘zatom” agentligi delegatsiyasi Tatariston Respublikasiga amaliy tashrifini yakunladi

“O‘zatom” agentligi delegatsiyasi Tatariston Respublikasiga amaliy tashrifini yakunladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 3-aprel kuni “O‘zatom” agentligi delegatsiyasi Tatariston Respublikasiga amaliy tashrifining yakuniy kunida Alabuga va Naberejniye Chelni shaharlaridagi sanoat obyektlarida bo‘ldi.

Dasturning birinchi manzili “Alabuga” sanoat-ishlab chiqarish turidagi maxsus iqtisodiy zona bo‘ldi. Bu yerda delegatsiya zona faoliyatining tashkil etilishi, mavjud sanoat infratuzilmasi hamda “Rosatom” davlat korporatsiyasining atom elektr stansiyalarini qurishda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar uchun uskunalar va mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bir qator korxonalari bilan tanishdi.

Korxonalar vakillari yirik infratuzilma va energetika loyihalarini amalga oshirish doirasidagi ishlab chiqarish imkoniyatlari, texnologik yechimlar va sanoat kooperatsiyasi istiqbollari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng delegatsiya Naberejniye Chelni shahriga tashrif buyurib, “RariTEK-Xolding” AJ faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida keng ko‘lamli sanoat va qurilish loyihalarini amalga oshirishda amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin bo‘lgan maxsus texnika va transport infratuzilmasini ishlatish bilan bog‘liq ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatish yechimlari taqdim etildi.

Texnikadan foydalanish samaradorligini oshirish, transport xarajatlarini va xizmat ko'rsatishni optimallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Taqdim etilgan yondashuvlar yirik energetika obyektlari, jumladan, AES qurilishiga hamroh bo‘ladigan ayrim jarayonlarni tashkil etishda ularni qo‘llash imkoniyati nuqtayi nazaridan qiziqish uyg‘otdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling