Valyuta kurslari 30/09/2025
$1 – 12067.76
UZS – -0,58%
€1 – 14141.00
UZS – -0,25%
₽1 – 145.64
UZS – 0,19%
Qidirish
Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan MDH oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi 20 medalni qoʻlga kiritdi

Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan MDH oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi 20 medalni qoʻlga kiritdi

Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan MDH oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi 20 medalni qoʻlga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan MDH o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi ajoyib natija qayd etib, 20 ta medalni qo‘lga kiritdi: uchta oltin, uchta kumush va o‘n to‘rtta bronza.

Oltin medallar stenddan otish bo‘yicha Azamat Qayumov, sambo bo‘yicha Muhammadyusuf Yusufjonov (71 kg), Bilolbek Abdugapparov (79 kg)ga nasib etdi.

Kumush medallar stol tennisi bo‘yicha yakkalik bahslarida Adelina Xasanova, taekvondo WT bo‘yicha Valeriya Xegay (46 kg), sambo bo‘yicha Gamzat Maksetboyev (53 kg)ga nasib etdi.

Bronza medallarini turli yo‘nalishlarda sportchilar qo‘lga kiritdi: stol tennisi turnirlarining jamoaviy va juftlik o‘yinlari, stol tennisi yakkalik bahslarida (Raxmatillo Abdurashidov, Maftuna Gulimova), suzish (Javlon G‘aniyev – 200 m batterflyay, Muhammadismoil Rahmonov – 50 m batterflyay), taekvondo WT (Shohjahon Ahmedov - 63 kg, Mubina Bobosaidova - 62 kg) va sambo (Avaz Ergashev - 58 kg, Davlatjon Kaozimov - 64 kg, Shohjaxon G‘olibov - 88 kg, Saidahmad Ravshanov - 98 kg).

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling