Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida agrar sug‘urta sohasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi

Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida agrar sug‘urta sohasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi

Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida agrar sug‘urta sohasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ozarbayjon Respublikasi Agrar sug‘urta jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi sug‘urta jamg‘armasi rahbarlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali onlayn muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda agrar sug‘urta tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi.

Jumladan, muhokamalar davomida issiqxona xo‘jaliklari, kartoshka, piyoz va boshqa poliz ekinlarini sug‘urtalash tartibi, zararlarni baholash mexanizmi hamda mustaqil ekspertlar ishtirokini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, chorvachilik sohasida sug‘urta qiymati, sug‘urta puli va tariflarni belgilash mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Parrandachilik va baliqchilik yo‘nalishlarida sug‘urta shartnomalarini tuzish, sug‘urta obyektlarini belgilash hamda zararlarni aniqlash tartibiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda, shuningdek, sug‘urta qaltisliklari va zarar qoplamalarini hisoblash usullari yuzasidan ham fikr va takliflar bildirildi.

Ushbu muloqot ikki davlat o‘rtasida agrar sug‘urta sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va sohada samarali mexanizmlarni shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling