Valyuta kurslari 30/06/2025
$1 – 12654.13
UZS – 0,54%
€1 – 14817.99
UZS – 0,4%
₽1 – 161.18
UZS – 0,47%
Qidirish
O‘zbekiston 30/06/2025 Ozarbayjon Respublikasi parlament delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Ozarbayjon Respublikasi parlament delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 30 iyun kuni, Ozarbayjon Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Birinchi O'zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumida ishtirok etish uchun Xiva shahriga keldi.

 Ozarbayjon parlamenti delegatsiyasini Urganch xalqaro aeroportida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva kutib oldi.

Mazkur forum ikki davlat o'rtasidagi do'stona munosabatlarni, xususan, parlamentlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam sifatida baholanmoqda. Tadbirda ikki mamlakat parlamentlari aʼzolari, ayol deputatlar va yoshlar parlamentlari vakillari ishtirok etadi.

Xiva shahrida o'tkaziladigan ushbu forum O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling