Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
Ozarbayjon bilan qo'shma loyiha bo'lgan Ustyurt Operating Company O'zbekistonda ofis ochdi

Ozarbayjon bilan qo'shma loyiha bo'lgan Ustyurt Operating Company O'zbekistonda ofis ochdi

Ozarbayjon bilan qo'shma loyiha bo'lgan Ustyurt Operating Company O'zbekistonda ofis ochdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Avvalroq, Energetika vazirligi, Ozarbayjon Respublikasining Davlat neft kompaniyasi (SOCAR) va “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida Ustyurt neft-gaz mintaqasidagi investisiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va keyinchalik uglevodorodlarni qazib olishni nazarda tutuvchi mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitim imzolangan edi.

Bugun bitim loyihasi operatori — “Ustyurt Operating Company” ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu voqea mamlakat energetika sohasidagi tashabbuslarni amalga oshirish va O‘zbekiston hamda Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.

Operator ofisining tashkil etilishi loyihani amalga oshirilishining faol bosqichga o‘tilganini anglatadi. Qisqa muddat ichida mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi, operator kompaniyasi tashkil etildi va ro‘yxatdan o‘tkazildi, professional jamoalar shakllantirilib, zarur ruxsatnomalar olindi. Ayni paytda dala geologiya-qidiruv ishlariga tayyorgarlik boshlangan.

“Ustyurt Operating Company” mamlakat resurs zahirasini mustahkamlash, geologiya-qidiruv samaradorligini oshirish va uzoq muddatli energetik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va tarmoqni barqaror rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu loyiha davlatlararo aloqalarni kengaytirishda muhim poydevordir. Loyiha doirasida shakllanayotgan yangi boshqaruv va hamkorlik mexanizmlari ikki mamlakatning umumiy manfaatlariga xizmat qiladi. Yangi ofisning ochilishi hamkorlikning institutsional bazasini mustahkamlaydi va keyingi bosqichlardagi faol ishlar uchun keng sharoit yaratadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling