"O‘zaeronavigatsiya" Markazi GAIN global ekologik tashabbusiga qo‘shildi
"O‘zaeronavigatsiya" Markazi GAIN global ekologik tashabbusiga qo‘shildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vazirligi huzuridagi "O‘zaeronavigatsiya" Markazi aviatsiya sektorining ekologik samaradorligini oshirish va havodagi harakatni boshqarish sohasida barqaror rivojlanish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan Green Aviation Insights (GAIN) xalqaro tashabbusining rasmiy a’zosiga aylandi.
"O‘zaeronavigatsiya" uchun GAINga qo‘shilish barqaror rivojlanish, operatsion samaradorlikni oshirish va aviatsiyaning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha strategik yo‘nalishni amalga oshirishda muhim qadam hisoblanadi.
Green Aviation Insights (GAIN) — Buyuk Britaniyaning aeronavigatsiya xizmatlari provayderi NATS tomonidan ishlab chiqilgan global tahliliy platforma.
Tashabbus parvozlarning ekologik ko‘rsatkichlarini har tomonlama tahlil qilish, ma’lumotlar almashish, boshqa tashkilotlar bilan solishtirish va aviatsiyaning karbonat izini kamaytirish bo‘yicha yechimlarni birgalikda izlash maqsadida dunyoning yetakchi aeronavigatsiya xizmati provayderlarini birlashtiradi.
Platforma ishtirokchilarga samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini, jumladan, parvoz trayektoriyalari, ko‘tarilish va pasayish profillari, kutish vaqti va CO₂ chiqindilariga ta’sir qiluvchi boshqa omillarni kuzatish va taqqoslash imkonini beradi.