Valyuta kurslari 17/03/2026
$1 – 12091.22
UZS – 0,08%
€1 – 13844.45
UZS – 0,05%
₽1 – 149.16
UZS – -0,85%
Qidirish
OTB va Oʻzbekiston Boshqaruvchilar kengashi yigʻilishiga tayyorgarlikni muhokama qilishdi

OTB va Oʻzbekiston Boshqaruvchilar kengashi yigʻilishiga tayyorgarlikni muhokama qilishdi

OTB va Oʻzbekiston Boshqaruvchilar kengashi yigʻilishiga tayyorgarlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 16-mart kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning Manila (Filippin) shahridagi bosh qarorgohida bank prezidenti Masato Kanda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, OTBning O‘zbekistondan tayinlangan Boshqaruvchisi o‘rinbosari Ilhom Norqulov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida 2026-yil 3–6-may kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida OTB Direktorlar kengashi uchun brifing ham o‘tkazildi.

Shuningdek, Ilhom Norqulov OTB vitse-prezidenti Yingming Yang, ijrochi direktor Dongil Kim hamda bosh direktor Leah Gutierrez bilan uchrashdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling