Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 19/06/2025 OTB va O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va startaplarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi

OTB va O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va startaplarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 18-iyun kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vitse-prezidenti Bhargav Dasgupta boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda OTBning xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy rahbari Enriko Pinali, OTBning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Araya hamda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasining ijrochi direktori Murod Farmonov va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari hamda istiqboldagi rejalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy tendensiyalar yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi:

  • Infratuzilmani rivojlantirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;
  • Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, jumladan, sun’iy intellekt va startap loyihalarni kengaytirish;
  • Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash;
  • Mamlakatimizdagi makroiqtisodiy jarayonlar, xususan, inflatsiya darajasini past ko‘rsatkichlarda barqarorligini ta’minlash;
  • Yashil transformatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarida energiya samaradorligini oshirish;
  • Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, sog‘liqni saqlash sohasida hayotga tadbiq etilayotgan loyihalarni jadallashtirish;
  • Ipoteka bozorini qo‘llab-quvvatlash;
  • Suv resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan loyihalarni kengaytirish;
  • Xususiylashtirish jarayonlari.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda yuqoridagi yo‘nalishlar yuzasidan fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling