Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
OTB va Oʻzbekiston Iqtisodiyot vazirligi DXSH loyihalari va infratuzilma tashabbuslarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

OTB va Oʻzbekiston Iqtisodiyot vazirligi DXSH loyihalari va infratuzilma tashabbuslarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

OTB va Oʻzbekiston Iqtisodiyot vazirligi DXSH loyihalari va infratuzilma tashabbuslarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 22-oktabr kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning Bozorlarni rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha ofisi rahbari Takeo Koike boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Umrzakov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda OTBning Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy departament rahbari Enriko Pinali, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha katta mutaxassis Dmitriy Kabrelyan hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori Abduqodir Yoqubov va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, davlat-xususiy sheriklik (DXSH) loyihalarini amalga oshirish jarayonlari hamda istiqboldagi rejalar va hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Xususan, tomonlar mamlakatimizda quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan DXSH loyihalari, ularni yanda rivojlantirish, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda moliyalashtirish mexanizmlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

  • Hududlarda zamonaviy va barqaror isitish tizimini shakllantirish;
  • Ta’lim: zamon talablariga mos maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar qurish;
  • Yuqori texnologiyali shifoxonalar, xususan, ko‘p tarmoqli shifoxonalarni tashkil etish;
  • Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish;

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda belgilangan maqsadlarga erishishda tizimli va samarali faoliyat olib borishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling