OTB va Oʻzbekiston 2025-yil uchun loyihalar natijalarini sarhisob qilishdi

OTB va Oʻzbekiston 2025-yil uchun loyihalar natijalarini sarhisob qilishdi

OTB va Oʻzbekiston 2025-yil uchun loyihalar natijalarini sarhisob qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24-mart kuni O‘zbekiston bo‘yicha mamlakat amaliyotini baholash va dasturlash Missiyasining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unga OTB Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti bosh direktori Liya Gutieresh va Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamraislik qildi. 

Yig‘ilishda 20 dan ortiq ijrochi tashkilotlardan 45 nafar yuqori darajadagi vakillar ishtirok etdi. Unda 2025-yil loyihalar portfeli natijalari ko‘rib chiqildi, amaldagi loyihalar bo‘yicha aniq choralar kelishib olindi va 2026-yil uchun yangi loyihalar paketi shakllantirildi. 

Uchrashuv yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan ijrochi tashkilotlar minnatdorlik sertifikatlari bilan taqdirlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling