Valyuta kurslari 09/01/2026
$1 – 12109.02
UZS – 0,63%
€1 – 14139.70
UZS – 0,56%
₽1 – 150.31
UZS – 0,68%
Qidirish
Ostonada Turkiy Savdo-sanoat palatalari ittifoqining 3-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi

Ostonada Turkiy Savdo-sanoat palatalari ittifoqining 3-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi

Ostonada Turkiy Savdo-sanoat palatalari ittifoqining 3-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 8 yanvar kuni Ostona shahrida Turkiy Savdo-sanoat palatalari ittifoqining 3-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir turkiy dunyo doirasida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim maydon hisoblanadi. Mazkur yig‘ilishda Ittifoqga raislik tarixda ilk bor Qozog‘istonga topshirildi.

Unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchilari Alisher Shayxov hamda Jamil Maksudi ishtirok etdi.

Turkiy savdo-sanoat palatalari ittifoqi 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlar o‘rtasida savdo, sanoat, investitsiya, texnologiya va boshqa iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro platforma hisoblanadi. Hozirgi kunda Ittifoq tarkibiga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, Turkmaniston, shuningdek Vengriya kiradi.

Assambleya ishtirokchilari kelgusi davrdagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Xususan, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek Turkiy investitsiya jamg‘armasi imkoniyatlaridan faol foydalanish asosiy vazifalar sifatida qayd etildi.

Shu bilan birga, savdo va texnik to‘siqlarni qisqartirish, xalqaro marshrutlar va logistika koridorlarini rivojlantirish orqali transport-logistika bog‘liqligini mustahkamlash ham muhim ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi turkiy davlatlar o‘rtasida yagona iqtisodiy makonni shakllantirish va amaliy iqtisodiy natijalarga erishishga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling