Valyuta kurslari 10/02/2026
$1 – 12320.34
UZS – 0,14%
€1 – 14614.39
UZS – 0,73%
₽1 – 159.36
UZS – -0,25%
Qidirish
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston soliq ma’murchiligi sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Po‘latov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Soliq qo‘mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida soliq ma’murchiligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, shaffoflikni oshirish hamda soliq nazorati mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlaridagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar Soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, jumladan Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki bilan hamkorlikda, soliq ma’murchiligi tizimini 2030-yilgacha isloh qilish strategiyasi doirasida ko‘rsatiladigan texnik ko‘makning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling