Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vakillari bilan hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 16-fevral kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan “Rivojlanayotgan mamlakatlar muloqoti” konferensiyasi doirasida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) prezidenti Szin Litsyun hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki — xalqaro moliyaviy institut bo‘lib, infratuzilma va boshqa mahsuldor sektorlarni rivojlantirish orqali Osiyo mintaqasida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Bank 2016-yil 16-yanvarda rasmiy faoliyatini boshlagan va bosh ofisi Pekin (Xitoy) shahrida joylashgan.
Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, budjetni qo‘llab-quvvatlash hamda infratuzilmani rivojlantirish masalalari yuzasidan muhokamalar olib bordi.
Xususan:
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda belgilangan maqsadlarga erishishda samarali faoliyat olib borishga kelishib oldi.