Valyuta kurslari 24/12/2025
$1 – 12052.33
UZS – 0,35%
€1 – 14213.31
UZS – 0,89%
₽1 – 153.71
UZS – 1,63%
Qidirish
O‘simlik mahsulotlari xalqaro savdoda to‘siqlarsiz harakatlanadi

O‘simlik mahsulotlari xalqaro savdoda to‘siqlarsiz harakatlanadi

 

O‘simlik mahsulotlari xalqaro savdoda to‘siqlarsiz harakatlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi qonunchilikni Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash bo‘yicha bitimiga muvofiqlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Ushbu qonun loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini yanada jadallashtirishga qaratilgan.

Loyiha bilan Jinoyat, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga hamda “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi, “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga JSTning Sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash bo‘yicha bitimida belgilangan qoida va normalarga muvofiqlashtirish bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Majlisda loyihada nazarda tutilayotgan normalar fitosanitariya sohasidagi qonun hujjatlarini bugungi kundagi barcha xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga, mamlakatimizda yetishtirilgan o‘simlik va o‘simlik mahsulotlarining xalqaro savdoda to‘siqlarsiz harakatlanishiga, o‘simliklar karantini sohasida huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilishi qayd etildi.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling