Valyuta kurslari 28/08/2025
$1 – 12412.98
UZS – 0,47%
€1 – 14386.64
UZS – 0,01%
₽1 – 154.28
UZS – 0,23%
Qidirish
Iqtisod 28/08/2025 Urganchda qiymati 16 million dollarlik gazoblok ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi

Urganchda qiymati 16 million dollarlik gazoblok ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Urganch shahrida “Arton Urgench Invest” MCHJ tomonidan avtoklav usulida gazoblok ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi.

Loyihaning umumiy qiymati 16 mln dollar bo‘lib, quvvati yiliga 400 ming metr kub gazoblok ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Texnologik uskunalar Xitoydan keltirilgan bo‘lib, zarur xom-ashyo resurslari: kvars qum, ohak, sement, gisp mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadi.

Yiliga 3 mln dollarlik mahsulotni Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilish rejalashtirilgan. Loyiha ishga tushishi bilan 200 nafar yoshlar uchun yangi ish o‘rni ochilmoqda.

Yangi loyihaning ishga tushirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling