Valyuta kurslari 02/10/2025
$1 – 12084.10
UZS – 0,14%
€1 – 14197.61
UZS – 0,4%
₽1 – 146.72
UZS – 0,74%
Qidirish
Oq uy G‘azodagi mojaroni hal etish uchun 20 bandli reja taklif qildi

Oq uy G‘azodagi mojaroni hal etish uchun 20 bandli reja taklif qildi

Oq uy G‘azodagi mojaroni hal etish uchun 20 bandli reja taklif qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 29 sentyabr kuni Oq uy G‘azo sektoridagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha 20 ta asosiy bandni o‘z ichiga olgan yangi rejani eʼlon qildi. Hujjatga ko‘ra, mintaqani vaqtincha xalqaro boshqaruv oladi hamda aholini majburiy ko‘chirish, hududni Isroil tomonidan bosib olish yoki anneksiya qilish ehtimoli istisno etiladi.

Taklifga ko‘ra, G‘azoni boshqarish xalqaro qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi, xavfsizlikni taʼminlashda asosan arab davlatlarining kuchlari jalb etiladi. Hududning kundalik maʼmuriy boshqaruvi xalqaro organ nazorati ostidagi falastinlik texnokratlar zimmasiga yuklanadi.

AQSH prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Oq uyda muzokaralar o‘tkazib, tinchlik shartnomasi tafsilotlarini muhokama qildilar. Tramp tomonlar «juda yaqin kelishuvga erishganini» taʼkidlab, yaqin vaqtda bitim imzolanishiga ishonch bildirdi.

Rejaning asosiy nuqtalari barcha garovga olinganlarni qaytarish, HAMAS tomonidan Isroilga tahdidlarni to‘xtatish va G‘azoga gumanitar yordamni kengaytirishni o‘z ichiga oladi. Hujjatga ko‘ra, HAMAS qurolsizlanishi shart, ammo bu talabni tashkilot avval qatʼiy rad etgan. Shuningdek, Falastin davlatini tuzish ham ko‘zda tutilgan, ammo aniq muddatlar belgilab qo‘yilmagan.

Oq uy vakillari taʼkidlashicha, reja mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, shuningdek, falastinliklar va isroilliklarning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Shu bilan birga, G‘azo infratuzilmasini tiklash uchun gumanitar masalalar va xalqaro yordamni tashkil etish kabi savollar ochiq qolmoqda.

Hujjat matni hali eʼlon qilinmagani bois uning aniq shartlarini baholash qiyin. Associated Press‘ga anonimlik shartida maʼlumot bergan to‘rt nafar arab amaldorlarining taʼkidlashicha, ayrim bandlar o‘zgarishi mumkin va hali ko‘p masalalar kelishilishi lozim, bu esa tashabbus amalga oshishida xavf tug‘diradi.

Isroil uchun bu reja G‘azoda xavfsizlik ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat yo‘qolishini anglatadi, bu esa Netanyaxu tomonidan jiddiy qarshilikka uchrayapti. Bundan tashqari, hujjatga ko‘ra, G‘azoni boshqarish G‘arbiy sohildagi Falastin maʼmuriyatiga topshirilishi kerak, bu esa Isroil rahbariyati tomonidan keskin rad etilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling