Valyuta kurslari 30/12/2025
$1 – 12025.33
UZS – -0,27%
€1 – 14162.23
UZS – -0,21%
₽1 – 155.25
UZS – 0,06%
Qidirish
”Oq ko‘prik” stansiyasida yangi qurilgan temir yo‘l foydalanishga topshirildi

”Oq ko‘prik” stansiyasida yangi qurilgan temir yo‘l foydalanishga topshirildi

”Oq ko‘prik” stansiyasida yangi qurilgan temir yo‘l foydalanishga topshirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida “Oq ko‘prik” stantsiyasida qurilishi boshlagan 10-sonli yangi temir yo‘l 13-noyabr kuni foydalanishga topshirildi.

Uzunligi 1 kilometrni tashkil qiladigan  mazkur temir yo‘lning ochilishi marosimida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi o‘rinbosari A.Kamiljonov, “Qazaqstan temir jo‘li” Milliy kompaniyasi”ning ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha direktori Baurjan Urinbasarov boshchiligidagi delegasiya a'zolari, shuningdek, “Temiryo‘linfratuzilma” AJ raisi S.Norqobilov, boshqarmalar boshliqlari  hamda “Toshkent MTU” filiali rahbariyati va  stansiya boshliqlari ishtirok etdi.

Mehmonlarga ushbu stansiyada so‘nggi ikki yil davomida qilingan o‘zgarishlar haqida keng ma’lumotlar berildi.

Asosiy voqea yangi ochilgan liniyaga Qozog'istondan birinchi yuk poyezdining kelishi bo'lib, bu xalqaro temir yo'llarni rivojlantirishning muhimligini ta'kidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling